Skip to main content
TikTok LogoTikTok Logo
Hamjamiyat tamoyillari

Hamjamiyat tamoyillari

Oxirgi yangilangan: 2023-yil, mart

TikTokda inson huquqlarigasodiqligimizni aks ettirishga yordam beradigan sakkizta asosiy hamjamiyat tamoyillari mavjud. Tamoyillarimiz ifodani zararning oldini olish bilan muvozanatlash, inson qadr-qimmatini hurmat qilish va harakatlarimiz adolatli boʻlishini taʼminlashga qaratilgan. Ular kundalik ishimizni shakllantiradi va qiyin ijro qarorlariga qanday yondashishimizni aniqlaydi.

Muvozanatlash

  • Zararning oldini olish
  • Erkin fikr bildirish imkonini berish

Qadr-qimmat

  • Xushmuomalalikni tarbiyalash
  • Mahalliy kontekstni hurmat qilish
  • Gʻoliblikni singdirish
  • Shaxsiy hayotni himoyalash

Adolat

  • Shaffoflik va izchillikni taʼminlash
  • Halol va odil boʻlish

Kontentni moderatsiya qilish tamoyillari va amaliyotlarimiz BMTning Biznes va inson huquqlariga oid asosiy tamoyillari va Santa-Klara tamoyillariga, asoslanadi hamda biz Inson huquqlariga oid xalqaro qonun loyihasi va Bola huquqlariga oid konvensiya kabi xalqaro huquqiy bazalarga moslashishga intilamiz. Biz ayrim holatlarda ushbu tamoyillar bir-biriga zid boʻlishi mumkinligini tushunamiz va ehtiyotkorlik bilan oʻzaro murosa qilamiz.

  1. Zararning oldini olish: Asosiy diqqatimiz – hamjamiyatimizni xavfsiz saqlash, inkluzivlikka yordamlashish va TikTokning xursandchilik makoni boʻlishini taʼminlashdir. Biz kontent yoki xatti-harakatlarning shaxslarga yoki turli-tuman hamjamiyatimizga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan koʻplab usullarni hisobga olamiz. Bunga jismoniy, psixologik, moliyaviy, maxfiylik va ijtimoiy zararlar kiradi. Erkin fikr bildirish bilan toʻgʻri muvozanatni saqlash uchun biz kontentni faqat kerak boʻlganda va soʻz erkinligiga taʼsirini kamaytirishga harakat qiladigan tarzda cheklaymiz.
  2. Erkin fikr bildirish imkonini berish: Ifodalash bilan ochilgan ijodkorlik joʻshqin hamjamiyatimizni quvvatlantiradi. Platformamizda erkin ulashish imkoniyatini taqdim etish va ijodkor soʻz erkinligiga toʻsqinlik qiladigan haqoratli xatti-harakatlarni faol ravishda olib tashlash orqali ushbu inson huquqini hurmat qilamiz. Lekin erkin fikr bildirish mutlaq huquq emas – u har doim uning ehtimoliy zarariga proporsional ravishda hisobga olinadi. U Siz uchun tasmasida kontentingizni kengaytirish huquqiga ham tatbiq qilinmaydi.
  3. Xushmuomalalikni tarbiyalash: Xushmuomalalik odamlar orasida oʻzaro hurmatni shakllantiradi va hamjamiyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bizning Internetda bir-birimiz bilan munosabatga kirishish usulimiz ayrim holatlarda boshqalar bilan ijobiy aloqalarga tahdid solishi mumkin, shuning uchun bu TikTokda xushmuomala boʻlish missiyamizni bajarish uchun juda muhimdir. Bu har bir insonning oʻziga xos qadr-qimmatini tan olish va oʻzimizni xuddi yuzma-yuz turgandek tutishni anglatadi. Erkin fikr bildirish uchun maydon berish maqsadida biz jamoat arboblarini ijtimoiy tanqid qilishga ruxsat beramiz.
  4. Mahalliy kontekstni hurmat qilish: TikTok 150 dan ortiq mamlakatdagi milliarddan ortiq odamlarni bitta umumiy raqamli maydonda birlashtiradi. Global yondashuvimiz mahalliy madaniy meʼyorlarni tan olishiga yordam berish uchun biz hududiy ekspertlar va mahalliy hamjamiyatlar bilan ishlaymiz. Biz xalqaro miqyosda tan olingan inson huquqlarining asosini qamrab olgan holda, bir mintaqaning qadriyatlarini boshqasiga yuklamaslik uchun qoidalarimizning hududiy ilovalarini qabul qilamiz.
  5. Gʻoliblikni singdirish: Biz butun dunyodagi odamlar platformamizda oʻzlarini istalgan his qilishini xohlaymiz. Biz turli madaniyat, oʻziga xoslik, tashqi koʻrinish, qarash, qiziqish va tajribalarni qadrlaymiz va olqishlaymiz. Biz ayrim hamjamiyatlarga tarixan ishtirok etish uchun kamroq imkoniyatlar berilganini bilamiz, shuning uchun biz insonning teng himoya, tenglik va ijtimoiy yakkalangan yoki kam ifodalangan guruhlarga nomutanosib ravishda taʼsir qiladigan zararlarni yumshatish huquqiga sodiqmiz.
  6. Shaxsiy hayotni himoyalash: Maxfiylik huquqi odamlarga mustaqillik, qulaylik va xavfsizlik hissini beradi. Biz hamjamiyatimiz maxfiyligini himoyalash va hurmat qilishga intilamiz. Biz platformada ulashilgan kontent hech kimning shaxsiy axborotlarini oshkor qilmasligi yoki uning shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qilmasligini taʼminlashga harakat qilamiz.
  7. Shaffoflik va izchillikni taʼminlash: Hamjamiyatimiz aʼzolari qanday qoidalarimiz borligini va ularni qanday tatbiq qilimizni bilish huquqiga ega. Biz siyosat va amaliyotlarimiz haqida aniq xabar berishga, ularni izchil va adolatli tatbiq qilishga va Shaffoflik markazimizda tatbiq qilishga oid saʼy-harakatlarimizni ulashishga intilamiz. Mahalliy kontekst yoki inkluzivlik kabi izchillikdan koʻra boshqa tamoyilni birinchi oʻringa qoʻyishimiz kerak boʻlganda qoidalarda shaffof boʻlamiz.
  8. Halol va odil boʻlish: Har kuni millionlab kontentni moderatsiya qilish – murakkab ish va buning uchun ishonchli jarayonni ishlab chiqish juda muhimdir. Biz xolis boʻlish va dalillarga asoslanishga, adolatli natijalarga erishishga, chora harakatlari haqida xabar berishga va kontentni olib tashlash, JONLI efirni toʻxtatish va hisobni bloklash haqida shikoyat qilish imkoniyatini taqdim etishga intilamiz.

Keyingi maqola

Yoshlar xavfsizligi va sogʻlom hayot tarzi

Keyingisini oʻqish