TikTok LogoTikTok Logo
Siz uchun tasmasi muvofiqlik standartlari

Siz uchun tasmasi muvofiqlik standartlari

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Siz uchun tasmasi (FYF) TikTokning noyob funksiyasi boʻlib, u sizga kontent, ijodkorlar va mavzular kengligini kashf qilish imkoniyatini berish uchun moslangan tavsiyalar tizimidan foydalanadi. Nima tavsiya etilishini aniqlashda tizim layklar, ulashuvlar, fikrlar, qidiruvlar, kontent xilma-xilligi va mashhur videolar kabi omillarni hisobga oladi. Tavsiya tizimi, shuningdek, tavsiyalarni moslashtirishga yordam beruvchi vositalar haqida batafsil bilib oling.

Ayrim kontentlar kam koʻrilsa yaxshi, ammo uchrasa normal boʻlishi mumkin, lekin guruhlarda koʻrilsa muammoli boʻladi. Bu, masalan, parhez, ekstremal fitnes, jinsiy ishoralar, qaygʻu (masalan, umidsizlik haqida bayonotlar qilish yoki gʻamgin iqtiboslarni keltirish) va haddan ortiq umumiylashtirilgan ruhiy salomatlik maʼlumotlarini (masalan, kimnidir tashxislashni daʼvo qiladigan boshqotirma) kontentni oʻz ichiga oladi. Bu turdagi kontent FYF ga mos kelishi mumkin, lekin uning tez-tez tomosha qilinmasligi uchun takrorlanuvchi kontent namunalarini toʻxtatamiz. Tavsiyalarni himoya qilish va diversifikatsiyalash yondashuvimiz haqida batafsil bilib oling.

Biz FYF ga xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyadigan va hamjamiyatimizning xilma-xilligi va madaniy amaliyotlardan xabardor boʻlgan kontent muvofiqligi standartlarini dastaklaymiz. Siz uchun tasmasining oʻz-oʻzidan chiqishi TikTokni unikal qiladigan funksiya boʻlsa-da, u oʻsmirlardan tortib eʼzozli buva va buvilargacha boʻlgan barcha auditoriyalar uchun moʻljallangan. Keng auditoriya uchun mos kelmaydigan muayyan kontentni FYF da chiqarmaymiz va uni qidiruvda topishni qiyinlashtiramiz.

FYF ijodkorlarni katta auditoriyaga yetib borish imkoniyatini berishini bilamiz, bu ayrim yoshlar uchun har doim ham mos kelmaydi. 16 yoshdan kichik har kim yaratgan kontentni Siz uchun tasmasida (FYF) chiqmaydigan qilamiz.

FYF da chiqmaydigan kontentni boshqa usullarda, masalan, qidiruv vositalari yoki hisobni kuzatish orqali topish mumkin. Video koʻp marta tomosha qilinmasa, bu FYF ga mos emasligidan koʻra, hamjamiyat ishtirokining yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ijodkorlar oʻz videolari samaradorligini kuzatish uchun TikTok tahlil vositasidan foydalanishi mumkin.

Qoidalarimizda FYF da chiqish standartlarini koʻrasiz. FYF uchun mos kelmaydigan kontentning konsolidatsiyalashgan “tezkor qoʻllanmasi” quyidagicha.

FYF UCHUN MOS EMAS

Yoshlar xavfsizligi va sogʻlom hayot tarzi

  • 16 yoshdan kichik har qanday hisob egasi tomonidan yaratilgan har qanday kontent

Haqorat va nafratomuz xatti-harakat

  • Himoyalangan guruhlarni bevosita kamsitadigan streotiplar, shaʼma yoki bilvosita bayonotdan foydalanadigan kontent.

Tartibsiz ovqatlanish va tana tasvirlari

  • Potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlari uchun murabbiylikni koʻrsatish, tasvirlash, targʻib qilish, taklif qilish yoki soʻrash, jumladan:
    • Cheklovchi past kaloriyali dietalar, masalan, uzluksiz roʻza tutish
    • Ozish yoki mushaklarni chiqarish uchun dorilar yoki qoʻshimchalar, masalan, anabolik steroiddan foydalanish
    • Tez va sezilarli ozish uchun moʻljallangan mashqlar, masalan, haftada belingiz oʻlchamidek vaznni yoʻqotishga yordam berishni vaʼda qiladigan kardiomashugʻulotlar
  • Ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarini targʻib qilish, oʻzgarishdan oldingi va keyingi natijani ulashish
  • Tana turlarini ideal yoki mukammal sifatida targʻib qilish potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlariga aloqador boʻlsa.
  • Xavf haqida ogohlantirishlar boʻlmagan kosmetik jarrohlik, jumladan, avvalgi va keyingi rasmlar, jarrohlik muolajalari videolari va tanlovli kosmetik jarrohlik muhokamasi haqidagi xabarlarni aks ettirish yoki targʻib qilish

Xavfli harakat va chellenjlar

  • Koʻrinib turgan yoki kutilayotgan oʻrtacha jismoniy zararni aks ettirish yoki oʻrtacha jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni targʻib qilish

Yalangʻochlik va tanani koʻrsatish

  • Kattalarning yarim yalangʻochligini koʻrsatish, masalan, faqat koʻkrak uchlari uchun kiyim kiyish dumbaning asosiy qismini yopib turmaydigan ichki kiyim kiyish
  • Muayyan darajada ochiq dekolte yoki intim tana qismlarining (jinsiy aʼzo va koʻkrak uchlari) kiyimda ajralib turishi kabi kiyimlarda yoshlarning chiqishi
  • Chaqaloqlar va bolalarning (4 yoshdan kichik) atay yalangʻoch yoki dumbasi qisman ochiq holatda koʻrsatilishi

Shahvoniy mazmundagi kontent

  • Shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qilayotgan kattalarni koʻrsatish
  • Jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatish

Shokka tushiruvchi va shafqatsiz kontent

  • Koʻrsatish:
    • Inson yoki hayvonlar qoni
    • Haddan ortiq jismoniy kurash
    • Huquq-tartibot idoralari bilan toʻqnashuvlar, portlash yoki tabiiy ofat oqibatlari kabi jamoatchilikda qiziqish uygʻotadigan voqealarning shafqatsiz yoki ehtimoliy qaygʻuli tasvirlari
    • Xayoliy shafqatsiz zoʻravonlik
    • Ogʻir boʻlmagan jarohatlar va baxtsiz hodisalar, oʻlik hayvonlar, qoʻrqinchli effektlar va qonli boʻyanish kabi tashvish yoki qoʻrquvni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ehtimoliy bezovta qiluvchi material
    • Odam va hayvonlarning tana funksiyalari va suyuqliklari (masalan, siydik yoki qusish), organlar va ayrim hayvonlar (masalan, hasharotlar yoki kalamushlar) kabi jirkanishga olib kelishi mumkin boʻlgan yengil grafik materiallar

Yolgʻon axborotlar

  • Asossiz va ayrim voqealar yoki vaziyatlar yashirin yoki kuchli guruhlar, masalan, “hukumat” yoki “maxfiy jamiyat” tomonidan amalga oshirilishini daʼvo qiladigan fitna nazariyalari
  • Salomatlikka oʻrtacha zarar keltiruvchi yolgʻon axborot, masalan, kichik kasallikni davolash uchun tekshirilmagan tavsiya
  • Qayta moslashtirilgan media, masalan, musiqiy konsertda ommani koʻrsatish va siyosiy protest ekanini aytish.
  • Xato koʻrsatilgan davlat organi manbalari, masalan, tadqiqotning natijalarga teskari boʻlgan xulosani dastaklash uchun muayyan ilmiy maʼlumotlarni tanlab havola berish
  • Favqulodda holat yoki sodir boʻlayotgan voqeaga aloqador tasdiqlanmagan daʼvolar
  • Haqiqiylik tekshiruvdan oʻtayotganda katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon axborotlar

Fuqarolik va saylov halolligi

  • Saylov haqida tasdiqlanmagan daʼvolar, masalan, barcha bulletenlar sanalgan yoki hisoblab chiqilgan deb oldindan daʼvo qilish
  • Vakolatli fuqarolik maʼlumotlar, masalan, parlament hujjati haqida soxta daʼvo orqali yolgʻon ifodalaydigan bayonotlar

Soxta ishtirok

  • “Layk uchun layk” vaʼdalari va kontent bilan munosabatga kirishish uchun hadyalar, yolgʻon ragʻbatlantirishlar kabi faollik koʻrsatkichlarini oshirish usuli sifatida boshqalarni aldovchi yoki manipulyatsiya qiluvchi kontent

Original boʻlmagan kontent

  • Birovning koʻrinadigan shaffof belgisi yoki ustiga joylangan logotipiga ega kontent kabi hech qanday yangi yoki ijodiy tahrirlarsiz import qilingan yoki yuklangan qayta ishlab chiqilgan yoki asl boʻlmagan kontent
  • Juda qisqa kliplar yoki faqat GIF asosidagi videolar kabi past sifatli kontent

Qimor oʻyinlari

  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni koʻrsatish yoki maqtash, masalan, qimor oʻynaydigan shaxsni kadrga olish yoki qimor haqida umumiy ijobiy bayonotlar berish

Spirtli ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar

  • Giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinuvchi moddalarni muhokama qilish (modda ishlatilmasligi yoki koʻrsatilmasligi sharti bilan)
  • Tamaki mahsulotlarini targʻib qilish
  • Kattalarning spirtli ichimliklarni haddan tashqari isteʼmol qilishini koʻrsatish

Tijoriy oshkor qilish va pulli reklama

  • Kontentni oshkor qilish sozlamasi yordamida oshkor qilinmagan marketing kontenti

TikTok LIVE

  • Odamlarni platformadan chiqarishni maqsad qilgan JONLI kontent
  • FYF ga mos boʻlmagan JONLI kontent, jumladan, koʻp mehmonli JONLI efirda mehmon ulashgan kontent

Batafsil

Himoyalangan guruhlar umumiy himoyalangan sifatlarga ega shaxslar yoki hamjamiyatlarni bildiradi.

Potensial zararli vaznni boshqarish – uzoq muddatda salomatlik yoki sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tezkor yoki juda koʻp vazn yoʻqotish yoki mushak chiqarish uchun ishlatiladigan parhezlar, dorilar yoki mashqlar.

Oʻrtacha jismoniy jarohatlar professional tibbiy muolajani talab qilmaydigan va nogironlik yoki tashqi koʻrinish buzilishi xavfini yuzaga keltirmaydigan xavf. Bunga minimal qon yoʻqotish va tanadagi mayda koʻkarishlar bilan kichik kesilishlar kiradi.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

Yarim yalangʻochlik – asosiy qismi yalangʻoch boʻlishi va yalangʻoch holatga yaqin boʻlish, masalan, bevosita yalangʻochlik yoki intim tana qismlarini minimal yopadigan kiyimlar kiyish.

Shahvoniy oʻpishish – jinsiy qoʻzgʻalish yoki jinsiy aloqaning boshlanishini koʻrsatadigan oʻpishni bildiradi.

Shahvoniy kadr – kiyimli intim tana qismlarini usullar, masalan, suratga olish, tahrirlash yoki tana qismini kameraning oldiga joylash orqali qasddan urgʻu beradigan kontent.

Shahvoniy xatti-harakat – shahvoniy qoʻzgʻatuvchi sifatida boʻlishi belgilangan xatti-harakatlar, jumladan, intim tana qismlariga urgʻu beradigan ijro yoki takroriy tana harakatlari va shahvoniy jinsiy harakatlar.

Jinsiy aloq mahsulotlari – jinsiy lazzat olish uchun ishlatilishi moʻljallangan obyekt yoik qurilma, masalan, jinsiy oʻyinchoq.

Yolgʻon axborotlar yolgʻon yoki chalgʻituvchi kontentni bildiradi.

Salomatlikka oʻrtacha zarar keltiruvchi yolgʻon axborot – bevosita yoki hayotni xavf ostiga qoʻymaydigan jarohatlar, sharoitlar yoki kasalliklarni davolash yoki oldini olishga oid yolgʻon yoki chalgʻituvchi kontentni bildiradi.

Fitna nazariyalari – bu tushuntirib boʻlmaydigan hodisalar haqidagi qarashlar hisoblanadi yoki voqealar uchun umumiy qabul qilingan tushuntirishlarni rad etish, jumladan, ular yashirin yoki kuchli shaxslar yoki guruhlar tomonidan amalga oshirilganini taxmin qilishni oʻz ichiga oladi.

Qayta moslashtirilgan media – kontekstdan tashqari taqdim etilgan va ijtimoiy ahamiyatli mavzu haqida shaxsni chalgʻitishi mumkin boʻlgan tahrirlanmagan media kontent.

Xato koʻrsatilgan davlat organi manbalari – tan olingan va ishonchli organ maʼlumotlari, masalan, tadqiqot institutlari hisobotlariga aloqador chalgʻituvchi korrelyatsiya yoki xulosalarni targʻib qiluvchi kontent.

Qimor oʻyinlari – bu natijasi noaniq boʻlgan hodisaga moliyaviy daromad olish uchun pul (jumladan, bitcoin kabi raqamli valyutalar) yoki pul qiymatiga ega boʻlgan narsani tikishdir.

Qimor kabi faoliyatlar – qimor darajasiga chiqmaydigan, lekin xatti-harakatlari oʻxshash yoki shu kabi xatarlarlari bor faoliyatlar, masalan, ijtimoiy kazinolar va qimorga aloqador dasturlar.

Tamaki mahsulotlariga veyping mahsulotlari, tutunsiz yoki yonuvchi tamaki mahsulotlari, sintetik nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa elektron nikotin yetkazish tizimlari kiradi.

Tartibga solinadigan moddalar retsept asosidagi dorilar, retseptsiz dorilar, siqilgan havo kaniterlari (uippetlar) va nitrit popperlar.