UZ

Maʼlumotlar haqida batafsil

Biror odam hamjamiyatimiza qoʻshilganda u bizga maʼlumotlarini ishonib taqdim etadi. U maʼlumotlarni himoya qilish uchun maksimal chora koʻramiz va hamjamiyatimiz aʼzolarini maxfiylik va xavfsizlikni taʼminlash vositalaridan foydalanishni oʻrgatamiz. Foydalanuvchilar bizga taqdim etadigan axborotdan hamda ilovaning barqaror va xavfsiz ishlashi, odamlarning tajribasini yaxshilashga yordam beradigan maʼlumotlardan foydalanamiz.

Qanday maʼlumotlarni toʻplaymiz

Sanoat amaliyotlariga muvofiq foydalanuvchilar bizga taqdim etadigan axborotdan hamda ilovaning barqaror va xavfsiz ishlashi, odamlarning tajribasini yaxshilashga yordam beradigan maʼlumotlardan foydalanamiz. Ilova va veb-saytimizda keltirilgan maxfiylik siyosatlarimiz boshqa narsalar qatori biz toʻplaydigan maʼlumot turlarini va buning foydalanish maqsadini belgilab beradi. Bu roʻyxat yakuniy boʻlmasada va batafsil axborot olish uchun maxfiylik siyosatimizga murojaat qilishga taklif etsakda, quyida siz taqdim etadigan maʼlumotlar bilan birga toʻplanadigan axborot turlari haqidagi misollar keltirilgan:

  • Telefon raqami, yoshingiz, foydalanuvchi nomi, ijtimoiy media hisobi axboroti va profil surati kabi hisob yaratish vaqtida taqdim etiladigan maʼlumot.
  • Platformada yaratish yoki yuklashni tanlagan fikrlar, suratlar, jonli efirlar, audio yozuvlar, videolar, matn va heshteglar kabi foydalanuvchi yaratgan kontent
  • Telefon va ijtimoiy media kontaktlaringiz, ruxsatingiz bilan.
  • Foydalanuvchi TikTokka qurilmaning joylashuv xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beradigan mintaqalarda TikTok bunday qurilma funksiyasidan joylashuv maʼlumotlarini toʻplaydi. Qurilmaning joylashuv xizmatlari orqali olingan bunday joylashuv maʼlumotlariga GPS, uyali aloqa minorasi va ommaviy Wi-Fi qaynoq nuqtalari kirishi mumkin. Toʻplashimiz mumkin boʻlgan joylashuv haqidagi maʼlumotlar uchun yordam markazi maqolasi bilan tanishing.
  • Ilovadagi brauzer va qidiruv tarixi kabi texnik va xatti-harakatlar haqidagi maʼlumotlar.
  • Platformaga kirishda foydalanilgan qurilma haqidagi maʼlumotlar, jumladan vaqt mintaqasi va til kabi qurilma modeli, operatsion tizim va qurilma sozlamalari.
  • IP manzil va mobil aloqa operatori kabi tarmoq maʼlumotlari.


TikTok ilovasining joriy versiyasida toʻplanmagan narsalar
  • Mac manzillari, WIFI SSID, IMEI yoki SIM seriya raqami.
  • Insonga oid betakror maʼlumotlarni aniqlash maqsadida olingan Face ID, Fingerprint ID hamda yuz, tana yoki ovoz maʼlumotlari.
  • Odatiy ilova faoliyati vaqtida olinadigan uyali aloqa stansiyasi ID kodlari, SMS, email va ovozli pochta kontenti.
Foydalanuvchi maʼlumotlarini saqlash va ularga kirish

Biz maʼlumotlar himoyalanishi taʼminlash uchun odamlar, jarayonlar va texnologiyalarga sarmoya kiritamiz, shunda hamjamiyatimiz oʻzlari yoqtirgan narsalarni ishonch bilan kashf qilishi, tomosha qilishi, yaratishi va ulashishi mumkin boʻladi. Maʼlumotlaringiz haqida gap ketganda, biz maʼlumotlarga faqat biznes va xizmatimiz ishlashi uchun kerak boʻlganlar tomonidan kirishini taʼminlash uchun bir qator nazorat, himoya choralari va avtorizatsiyani tasdiqlash protokollaridan foydalanamiz.


AQSHdagi ishlarimiz.

Agar bugun TikTokka qoʻshilsangiz va AQSHdagi foydalanuvchisi hisoblansangiz, himoyalangan maʼlumotlaringiz avtomatik ravishda AQSHdagi Oracle Cloud infratuzilmasida saqlanadi, u biz AQSH foydalanuvchilari maʼlumotlarini himoyalash uchun sozlagan xavfsiz muhit hisoblanadi. Himoyalanadigan maʼlumotlaringiz haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin. Bu maʼlumotlarga ruxsat TikTok U.S. Data Security (USDS) deb nomlanuvchi tekshirilgan va tasdiqlangan tashkilot tomonidan boshqariladi. USDSdan tashqaridan har qanday kirish (biznes metrika yoki ommaviy xavfsizlik kabi) talablarga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida tashqi ishonchli texnologiya hamkorimiz tomonidan kuzatiladi. USDS haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin


Yevropa iqtisodiy hududi, Birlashgan Qirollik va Shveytsariya boʻylab urinishlarimiz

Biz 2021-yilda rejasini tuzgan maʼlumotlarni boshqarish strategiyasida muvaffaqiyatga erishishda davom etmoqdamiz. Strategiya maʼlumotlarni mahalliy joylashtirish tamoyillariga asoslanadi, mintaqadan tashqariga maʼlumot yuborish minimallashtiriladi va TikTok foydalanuvchi maʼlumotlariga xodimlarning kirishi kamaytiriladi.

Clover lohiyasi – bu tashabbus boʻlib, u orqali biz yondashuvimizni yanada kuchaytirish va ma’lumotlar xavfsizligi masalasida soha standartlariga javob berishdan butunlay yangi standart oʻrnatishga oʻtishni maqsad qilganmiz.

Videolarni sizga qanday tavsiya etamiz

TikTokni ochib, Siz uchun tasmasiga kirganingizda, sizga qiziqishlaringiz asosida videolar oqimi taqdim etiladi, shu orqali yoqtirgan kontent va ijodkorlarni topishingiz oson boʻladi. Bu tasma muayyan foydalanuvchi uchun qiziqish tugʻdiradigan kontent taqdim etadigan tavsiyalar tizimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. TikTok sehrining bir qismi bu Siz uchun tasmasining faqat yagona boʻlmasligidir – turli insonlar ayni videolarga duch kelishi mumkin boʻlsa-da, har bir shaxsning tasmasi noyob va uning alohida talablariga moslashtirilgan.

TikTok videolarni qanday tavsiya qilishi haqida batafsil maʼlumotni bu yerda topishingiz mumkin.